Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqarolar yig‘ini raislarining oyligi oshiriladi

Fuqarolar yig‘ini raislarining oyligi oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga asosan fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolar fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan beriladi.

2019-yil 1-iyundan fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi joriy yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1 oktyabrdan 1,2 baravarga oshiriladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

«Mahalla» teleradiokanali fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilandi.

2019-yil 1-iyulgacha fuqarolar yig‘inlari yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga ulanadi hamda ular uchun imtiyozli tarif tasdiqlanadi. 2020-yil 1-yanvargacha «Elektron hukumat» tizimi doirasida «Mahalla» elektron ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring