Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol. Madrid derbisida kuchlar teng keldi

Futbol. Madrid derbisida kuchlar teng keldi

Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Real» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Vanda Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda nursiz durang qayd etildi.

Uchrashuvda kichik ustunlik mehmonlar tomonida bo‘ldi. Raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlarni sodir etgan «qaymoqranglilar» gol ura olishmadi.

Shu tariqa, «Real» 15 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. «Atletiko» (14) esa uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

La Liga, 7-tur
Atletiko – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
Atletiko – Oblak, Tripper, Lodi (Lemar, 61), Savich, Ximenes, Vitolo (Korrea, 46), Koke, Saul, Tomas, Joau Feliks (Lorente, 70), Diyego Kosta.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Valverde (Modrich, 68), Beyl, Kroos, Azar (Xames, 77), Benzema (Yovich, 88).
Ogohlantirishlar: Nacho (22), Varan (69), Tomas (90).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring