Futbolchilarimizga BYD avtomobillari beriladi

Jahon chempionatiga chiqqan futbolchilarga avtomobil sovg‘a qilinadi.
Birozdan so‘ng ulkan g‘alaba — O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan milliy terma jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkentga qaytib keladi.
"Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat ko‘rsatgan futbolchilarimizning xizmatlari munosib e’tirof etildi.
Kechagi o‘yindan so‘ng davlatimiz rahbari birinchi bo‘lib ularga qo‘ng‘iroq qildi va tarixiy natija bilan tabrikladilar. Bugun esa futbolchilar va murabbiylardan bir guruhini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladilar", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Poytaxtimizda minglab yurtdoshlarimiz yigitlarimizni tantanali kutib olishga shay turibdi. Terma jamoa a’zolari sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosimda ularga Prezident sovg‘asi - BYD avtomobillari topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter