Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV havo sovishi sababli aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

FVV havo sovishi sababli aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

Foto:«Xabar.uz»

Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab havo harorati keskin tushib, qor yog‘ishi kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur vaziyatda oddiy aholiga murojaat bilan chiqdi. 

Havo haroratining pasayishi gaz va boshqa turli isitish moslamalaridan foydalanish holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bunda ulardan foydalanishda ehtiyotsizlik yong‘inlarga hamda is gazidan zaharlanishga olib kelishi mumkin.

«Shuning uchun gaz moslamalaridan foydalanishda ogoh bo‘lishingizni hamda quyidagi zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz:

— nosoz, qo‘lbola va nostandart gaz va boshqa isitish moslamalaridan foydalanmang;

— gaz va isitish moslamalarini, ayniqsa, kechasi nazoratsiz qoldirmang;

— xonalarni isitish uchun gaz plitalaridan foydalanmang;

— alangalanuvchi buyumlarni isitish pechlari va moslamalari yaqinida qoldirmang;

— isitish moslamalaridan ishlab chiqaruvchi korxona yo‘riqnomasida keltirilgan tartibda foydalaning;

— gaz hidi/sizib chiqishi aniqlanganda elektr uskunalari va ochiq olovdan foydalanmang. Bu holda xonani zudlik bilan shamollatib, 104 raqami orqali gaz avariya xizmatini chaqirish zarur» - deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring