Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV Sirdaryodagi ko‘ngilsiz hodisani bartaraf etdi

FVV Sirdaryodagi ko‘ngilsiz hodisani bartaraf etdi

28-avgust kuni Sirdaryo viloyat FVBning 1050 qisqa raqamiga Guliston shahar «Bo‘ston» MFY hududidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolakayning bir oyog‘i tushib ketib, qisilib qolganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring