Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV xodimi qo‘lga tushdi

FVV xodimi qo‘lga tushdi

Samarqand tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha kichik inspektori Sh.J. mahalliy fuqarodan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sh.J xizmat mavqeyidan foydalanib, vakolatiga kirmasa-da, Favqulodda vaziyatlar tuman bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi hamda Profilaktika va nazorat bo‘linmasi kichik inspektori bilan birgalikda Samarqand tumani «Qaynama» MFY hududida joylashgan «O.P.» va «R.K. 777» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida yong‘in xavfsizligi yuzasidan tekshirish o‘tkazib, yakunda «O.P» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari L.R.ning o‘zi va opasi K.R.ga tegishli «R.K. 777» MChJlarda yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha bir qator kamchiliklar aniqlanganligini vaj qilib, ushbu kamchiliklarni tekshirish dalolatnomasiga qayd etmasligi va ularni ma’muriy javobgarlikka tortmasligi uchun 600 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘ini berishni talab qiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.J. talab qilingan 600 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring