Koronavirusdan o‘lim holatlari nega ko‘pligi sabablaridan biri aytildi

Ayrim mamlakatlarda koronavirus bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichlari juda yuqoriligi organizmga D vitamini yetishmovchiligi bilan izohlanmoqda.
Qirolicha Yelizaveta fondi hamda Sharqiy Angliya universiteti hamkorlikda olib borgan tadqiqotda shunday xulosaga kelindi.
Olimlar Yevropaning 20 mamlakati fuqarolaridagi D vitamini o‘rtacha darajasini COVID-19 bo‘yicha o‘lim holatlari statistikasi bilan o‘zaro solishtirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘lim holatlari aynan organizmida D vitamini tanqisligi kuzatilganlar o‘rtasida ko‘proq.
Tadqiqotda organizmda D vitamini yetishmovchiligi Ispaniya, Italiya va Shveysariya fuqarolari o‘rtasida ko‘pligi aytiladi. Qolaversa, eng ko‘p koronavirus qurboniga aylanayotgan keksalar organizmida ham D vitamini yetishmovchiligi kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter