Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaiti bosh vaziri iste’foga chiqdi

Gaiti bosh vaziri iste’foga chiqdi

Gaiti bosh vaziri Ariel Anri iste’foga chiqishini aytdi. Buni poytaxtni egallab olgan guruhlar talab qilishgandi.

Anri xorijda va poytaxt Port-o-Prensga qaytib kela olmaydi, chunki shaharni qurolli to‘dalar egallab olgan. Ular bosh vazirning iste’fosini talab qilgan.

Karib dengizi hamjamiyati (mintaqaviy blok) a’zolari ham uni iste’foga chaqirishdi: ular Anrining hokimiyatda qolishi o‘tish davri hukumati tuzilishiga to‘sqinlik qilayotganini aytishdi.

Anri 2021 yil iyul oyida prezident o‘ldirilganidan beri Gaitini boshqarib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gaitidagi jinoiy guruhlar qamoqxonadagi 4000 mahbusni ozodlikka chiqarib yuborgandi. Ular mamlakatning katta qismini nazorat qiladi va bosh vazir Ariyel Genrini lavozimidan chetlatishga harakat qilayotgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring