Yozyovonda «GAZ-53» yonib ketdi (foto)

21-may kuni A.H boshqaruvidagi «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasida Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan vaqtida gaz yoqilg‘isi uzatmasida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Haydovchining bir o‘zi mazkur yong‘inni bartaraf etishga harakat qilgan vaqtida kuyish jarohatini olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida bartaraf etilgan.
Mazkur holat Yozyovon tuman IIB hamda tuman FVB xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter