G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 15 avgustda muzokaralar o‘tkazilishi mumkin
Qatar, Misr va AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha yakuniy takliflarni berishga tayyor. Bu haqda qo‘shma bayonot e’lon qilindi.
Yuqoridagi mamlakatlar Isroil va HAMASni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 15-avgust kuni muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.
Isroil 15-avgust kuni o‘z muzokarachilarini uchrashuvga jo‘natadi, deyiladi Netanyahu devoni bergan xabarda.
HAMAS hozircha munosabat bildirgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter