Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya 100 mlrd yevrolik harbiy jamg‘arma ochadi

Germaniya 100 mlrd yevrolik harbiy jamg‘arma ochadi

Germaniya hukumati mamlakatni asosiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida mudofaa va energetika sohalariga sarmoya kiritish uchun 100 milliard yevrolik investitsiya fondini ochishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Germaniya Iqtisodiyot vazirligiga asoslanib, Bloomberg agentligi xabar berdi. 

“Germaniya jamg‘armasi” xususiy nemis va yevropalik investorlar bilan hamkorlikda iqtisodiy o‘sish, innovatsiyalar va raqobatbardoshlikni oshirishga sarmoya kiritishga yo‘naltiriladi.

“Xususiy kapital yirik iqtisodiy qiyinchiliklarni yengishning asosiy omilidir”, — deyiladi vazirlik bayonotida. 

Jamg‘armadagi 10 milliard yevro Germaniya davlat moliyasi bo‘lishi kerak, Berlin esa qolgan mablag‘ni xususiy investorlardan olishni kutmoqda. Biroq, jamg‘arma uchun budjet mablag‘lari manbasi hali ham Germaniya Moliya vazirligi va Germaniya davlat banki KFW o‘rtasidagi muzokaralar mavzusi bo‘lib qolmoqda. 

Iqtisodiyot vazirligi jamg‘arma tuzilishi, investitsiya siyosati va ish muddatlari haqida ma’lumot bermadi. 

Hokimiyatning rejalari bilan tanish bo‘lgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, fond sentyabr yoki oktyabr oyida ishlay boshlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring