Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya afg‘on muhojirlari borasida Tolibon bilan kelishuv tuzmoqchi

Germaniya afg‘on muhojirlari borasida Tolibon bilan kelishuv tuzmoqchi

Germaniya «Tolibon» harakati bilan deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan afg‘on fuqarolarini qaytarish bo‘yicha kelishuv tuzmoqchi.

Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt ma’lum qildi.

«G‘oya shundan iboratki, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘oniston bilan repatriatsiyani ta’minlash bo‘yicha shartnoma tuzamiz. Afg‘oniston bilan muzokaralar olib borish uchun biz hali ham uchinchi tomonlarga muhtojmiz, ammo bu doimiy yechim bo‘lib qolishi mumkin emas», – dedi Dobrindt payshanba kuni Focus nashriga.

Germaniya o‘tgan yilning avgust oyida sudlangan afg‘on muhojirlari uchun Afg‘onistonga deportatsiya parvozlarini tiklagan edi. Tolibon 2021-yilda hokimiyatga qaytishi munosabati bilan avvalroq bu jarayon to‘xtatilgan bo‘lgan.

Berlinning aytishicha, parvozlar «asosiy mintaqaviy hamkorlar» ko‘magida amalga oshirilgan. Ammo hozir Germaniya bu ishni bevosita Tolibon bilan hamkorlikda qilmoqchi.

Payshanba kuni chop etilgan intervyusida Dobrindt Berlin Germaniyada jinoyat sodir etganlikda ayblangan suriyalik muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Damashq bilan ham aloqada ekanligini aytdi.

Mamlakat kansleri Fridrix Mers huquqbuzarlarni Suriya va Afg‘onistonga deportatsiya qilishga va Tolibon hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng tashkil etilgan qochqinlar dasturlarini to‘xtatishga va’da bergandi.

BMTning Kobuldagi qochqinlar bo‘yicha agentligi xodimi Arafat Jamolning aytishicha, uning tashkiloti haligacha qochqinlarni Afg‘onistonga «qaytib kelmaslikni» tavsiya qiladi.

«Boshqacha qilib aytganda... yerdagi sharoitlar qaytishga hali tayyor emas. Biz davlatlarni odamlarni Afg‘onistonga majburan qaytarmaslikka chaqiramiz», - deydi u.

Germaniya Afg‘onistonda 2021-yilda NATO qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyin hokimiyat almashganidan beri Tolibon hukumatini tan olmadi va Kobul bilan rasmiy diplomatik aloqalarni ham davom ettirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Rossiya Tolibon hukumatini rasman tan olgan va Kobul bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. 

Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bu harakat boshqa davlatlar uchun namuna bo‘lishiga umid bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring