Germaniya Yevropadagi eng kuchli armiyani yaratmoqchi

Germaniya hukumati yiliga 40 ming nafargacha 18 yoshli fuqarolarni ko‘ngilli harbiy xizmatga jalb etish dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda Financial Times (FT) Germaniya mudofaa vazirligiga asoslanib xabar berdi.
«Moslashuvchan sharoit va raqobatbardosh maosh taklif etgan holda 2031-yilda maqsadli ko‘rsatkichga chiqiladi», — deyiladi vazirlik hujjatidan keltirilgan matnda.
Bundesver harbiy xizmatchilari sonini 2035-yilgacha 182 mingdan 260 ming nafarga oshirish rejalashtirilgan. Zaxira kontingenti 60 mingdan 200 ming nafargacha kengayadi.
Germaniya federal yuk tashish, logistika va chiqindilar utilizatsiyasi ittifoqi rahbari Dirk Engelhard 21-iyul kungi bayonotida mamlakatda urush holati e’lon qilinsa, bir necha yuz ming nafargacha yuk mashinasi haydovchilari kerak bo‘lishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter