Germaniya ikki kunda 286 nafar noqonuniy muhojirni deportatsiya qildi

Germaniya hukumati 7-maydan boshlab mamlakat chegaralarida nazoratni kuchaytirdi. Bu choraning dastlabki natijalariga ko‘ra, ikki kun mobaynida 365 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olindi. Ulardan 286 nafari deportatsiya qilindi.
Muhojirlarning qo‘lga olinishiga quyidagi holatlar sabab bo‘lgan:
• vizasiz kirish
• soxta hujjatlar taqdim etish
• chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tish
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushlanganlarning faqatgina 23 nafari qochqin maqomini so‘ragan. Shunga qaramay, ulardan 19 nafari deportatsiya qilingan.
Bundan tashqari, yana 14 kishi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda, 9 kishi esa ekstremizm yoki radikal islom bilan bog‘liqlikda gumon qilinmoqda.
Qayd etish kerakki, avvallari kuniga o‘rtacha 120 nafar muhojir qaytarilar edi. Endi bu ko‘rsatkich 190 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter