Germaniya kompaniyasi Ukrainada tank zavodi quradi

Nemis qurollarini ishlab chiqaruvchi «Rheinmetall» kompaniyasi yaqin 12 hafta ichida Ukrainada tank va zirhli avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod ochadi.
Kompaniya yiliga 400 ta tank va zirhli avtomobil ishlab chiqarishni da’vo qilmoqda. Rossiya Ukrainada zavod qurilishi boshlanadigan bo‘lsa, raketa orqali bu zavodni yo‘q qilishini aytgan.
Zavod Ukraina g‘arbida joylashgan bo‘lib, «Rheinmetall» va Ukraina davlat qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi «Ukroboronprom» tomonidan birgalikda boshqariladi.
«Rheinmetall» kompaniyasi birinchi marta zavod rejalarini shu yilning mart oyida e’lon qilgan edi. O‘sha vaqtda kompaniya zavodni qurish 200 million dollarga tushishini va zavod yiliga 400 ta eng so‘nggi «Panther» tanklarini ishlab chiqarishga qodirligini aytgan edi.
Bundan tashqari, zavodda ukrainalik ishchilar artilleriya tizimlarini o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlarini qurish va ta’mirlashga o‘rgatiladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya muntazam ravishda Ukraina g‘arbidagi harbiy ob’yektlarga uchuvchisiz uchoqlar va qanotli raketalar bilan zarba berib keladi hamda xorijiy qurollar va harbiy mashinalar zaxiralarini qonuniy nishon deb biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter