Germaniya prezidenti tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgani xabar berilgandi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, 28-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar shohsupaga ko‘tarildi. Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston va Germaniya rasmiy delegatsiyalari a’zolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter