Germaniya noqonuniy muhojirlar uchun chegaralarini yopadi

Germaniya payshanba kunidan boshlab qochoqlarni mamlakatga kiritmaydi va chegaralarida nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligining yangi rahbari Aleksandr Dobrindt ma’lum qildi.
Bu kansler Fridrix Mersning saylovoldi kampaniyasining bir qismi edi. Kansler lavozimidagi birinchi kunida Mers «noqonuniy kirishga bo‘lgan barcha urinishlarni istisnosiz rad etishi»ni e’lon qildi. Amaldagi pasportga ega bo‘lmagan har bir kishiga mamlakatga kirish taqiqi qo‘yiladi. Bu xavfsiz Yevroittifoqi mamlakatlari orqali harakatlanayotgan qochoqlarga ham tegishli.
Chorshanba kuni Aleksandr Dobrindt federal politsiyaga chegara nazoratini kuchaytirish va noqonuniy kirish holatlarida hujjatlarni rad etish bo‘yicha og‘zaki buyruq berdi. Bu Yevropa Ittifoqi davlatlari va Shveysariya orqali birinchi marta mamlakatga kirib keladigan qochoqlarga tegishli.
2015 yilda Merkel davridagi nizom federal politsiya xodimlariga noqonuniy muhojirlar boshpana so‘ramoqchi bo‘lgan taqdirda Germaniya chegarasini kesib o‘tishga ruxsat berishni nazarda tutgan. Bu esa o‘tgan 9 yil davomida noqonuniy muxojirlarning Germaniyaga nazoratsiz kirishiga sabab bo‘ldi. Nazoratsiz, noqonuniy migratsiya Germaniyada jinoyatchilik va zo‘ravonlikning kuchayishi kabi xavfsizlik muammolarini keltirib chiqardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter