Germaniya so‘nggi 25 yilda kartoshkadan eng ko‘p hosil oladi

Germaniyada 2025-yilda kartoshkadan XXI asrdagi eng yuqori hosil olinishi kutilmoqda. Bu haqda Agrarheute nashri xabar berdi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, nemis fermerlari 2024-yilga nisbatan 5,3 foiz ko‘proq yoki jami 13,4 mln tonna kartoshka yig‘ishtirib olishadi.
Bu yil Germaniyada kartoshka hosildorligi oshgan, ekin maydonlari ham kengaygan. Hosildorlik o‘rtacha yillik qiymatlardan 17 foiz yuqori bo‘ldi, ekin maydoni 6,7 foizga kengayib, 301 ming gektarga yetdi. Bir gektardan o‘rtacha 44 tonnadan kartoshka olish kutilyapti.
Kartoshkaning 1 sentneri (100 kg) nemis fermeriga o‘rtacha 14,9 yevro daromad keltiradi. 1 sentner kartoshka narxi 10 yevrodan 24 yevrogacha farqlanishi mumkin. Oxirgi marta narxning bunchalik pasayishi 2021-yil kuzida kuzatilgandi, deyiladi xabarda.
Mo‘l hosil huzurini germaniyalik iste’molchilar ko‘rishmoqda — kartoshka iyul oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 18,9 foizga arzonlashgan.
Fermerlar esa hosil ko‘pligi va arzonligidan kartoshkani mollarni boqishga yoki biogaz olishga jo‘natishga majbur. Narxlar qimmatlashishi kutilmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter