Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya Ukrainaga ilk IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini topshirdi — Spiegel

Germaniya Ukrainaga ilk IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini topshirdi — Spiegel

Ukraina Germaniyadan va’da qilingan to‘rtta IRIS-T SLM havo mudofaa tizimidan birinchisini qabul qilib oldi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, havo hujumidan mudofaa tizimini topshirish Polsha-Ukraina chegarasi yaqinida amalga oshirilgan.

Avvalroq, Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext to‘rtta zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan IRIS-T havo mudofaa tizimini Ukrainaga yetkazib berishni e’lon qilgan edi.

Ma’lumot uchun, IRIS-T 6 ta davlatda ishlab chiqariladi. Bu raketa kompleksi qisqa masofali havo-havo raketasi bo‘lib, sovitilgan infraqizil boshli bosh bilan jihozlangan.Ularning har birining narxi 400 yuz ming yevro.

Eslatib o‘tamiz, 10-11 oktyabr kunlari erta tongda Rossiya qurolli kuchlari Ukraina poytaxti Kiyevga raketa zarbasi berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukraina shaharlariga 75 ta raketa uchirgan, ulardan 41 tasi havo mudofaasi yordamida zararsizlantirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring