Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada boylar uchun soliq oshirilishi mumkin

Germaniyada boylar uchun soliq oshirilishi mumkin

Germaniyada ko‘p milliard dollarlik davlat qarzdorligini yopish haqida bahslar davom etmoqda. Sotsial-demokratlar badavlat fuqarolar uchun soliqlarni oshirishni talab qilyapti. Ammo bu tashabbus parlamentdagi konservativ blok hozircha bu imkoniyatni qat’iyan rad etib keladi.

Biroq, Xristian-demokratik ittifoqi deputati Andreas Mattfeldt Bild nashriga soliqning hozirgi 45 foizdan oshishi ehtimolini istisno qilmagan.

«Agar SDP haqiqiy ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga tayyor bo‘lsa, badavlat fuqarolar uchun daromad solig‘i oshishi mumkin. Shaxsan men boylik solig‘i deb ataladigan soliqni oshirishni oqladim, ammo zarur ijtimoiy islohotlar amalga oshirilsagina bunga yo‘l qo‘yish mumkin», - deya ta’kidladi deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukmron koalitsiyaning maqsadi Germaniyada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini barqaror qilish va huquqbuzarliklarni kamaytirishdir.

Shu bilan birga, SDP meros solig‘ini qayta ko‘rib chiqish masalasini ham muhokama qilmoqda. Ya’ni kompaniyalar meros tariqasida o‘tganda, ularning vorislari ham ko‘proq soliq to‘lashi mumkin.

Qayd etilishicha, Germaniya parlamentidagi ehtimoliy kelishuv boylar uchun soliqni oshirish evaziga davlat nafaqa to‘lovlarini qisqartirish va pensiya yoshini oshirish kabi choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring