Germaniyada koronavirusga chalinishlar soni keskin ko‘paymoqda

Germaniyada yangi tipdagi koronavirusni yuqtirish holati 633 taga ko‘paydi, to‘rtta o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga kiruvchi hamda COVID-19 kasallanishlar statistikasini yurituvchi Robert Kox instituti xabar bergan.
Bir kun avval 340 ta yuqtirish holati to‘g‘risida ma’lum qilingandi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, Germaniyada COVID-19ni yuqtirganlar umumiy soni 206 242 kishiga yetgan, 9 122 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgandi. JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 16 million kishidan oshib ketgan, 646 mingta o‘lim holati aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas