Gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami beriladi
Hukumat qarori (132-son, 25.03.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
- elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi;
- yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi;
- YHXDX organlarida ro‘yxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter