Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisiga murojaat qildi

Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisiga murojaat qildi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisiga murojaat qildi. 

Aytilishicha, joriy yil 11-15-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Avvalroq 11-12-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel yuzaga kelishi mumkinligi xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring