G‘ijduvonda savdo markazi yonib ketdi

Bugun Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. Majmuaning 400 kvadrat metr maydoni yonib ketgani aytilmoqda.
«Dastlabki ma’lumotda 250 kvadrat metr, keyinroq esa 400 kvadrat metr maydon zararlangani to‘g‘risida bildirgan edik. Mutaxassislar tomonidan yong‘indan so‘ng olib borilgan o‘rganishlar davomida esa ikki qavatli savdo majmuasining «B» blokidagi savdo do‘konlarining 960 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Savdo majmuasida joylashgan 61 ta do‘kon va do‘konlar ichidagi jihozlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak va porfyumeriya buyumlari yonib, zararlangan. Voqea joyiga viloyat hokimi va o‘rinbosarlari, viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari yetib borgan. Ekpertiza guruhi jalb etilgan. Biroq, haligacha yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda», – deydi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyev.
Ayni paytda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan.
«Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari bilan savdo majmuasining «B» bloki yerto‘la qismidagi 64 ta savdo do‘koni hamda majmuaning 6000 kvadrat metr maydoni, hamda «A», «B» bloklaridagi yerto‘la qismi, shuningdek, birinchi qavatdagi jami 256 ta savdo do‘konlari saqlab qolindi», – dedi Mirjon Fayzulloyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter