Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Dubaydagi «GISEC Global 2025» ko‘rgazmasida qator kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Dubaydagi «GISEC Global 2025» ko‘rgazmasida qator kelishuvlarga erishdi

«O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli «GISEC Global 2025» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Tadbirning birinchi kunida «O‘zTTBRM» DUK vakillari Turkiya va Buyuk Britaniya delegatsiyalari, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari va katta ma’lumotlarni tahlil qilishga ixtisoslashgan Gorilla Technology xalqaro kompaniyasi vakillari bilan bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida kiberhimoya bo‘yicha intellektual yechimlarni joriy etish va axborot xavfsizligi sohasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya ko‘rgazmaning asosiy ekspozitsiyalari bilan tanishdi, ularda sohaning jahon yetakchilarining ilg‘or texnologiyalari va yechimlari namoyish etildi.

Ko‘rgazmaning ikkinchi va uchinchi kunlarida «O‘zTTBRM» DUK delegatsiyasi Huawei kompaniyasi stendlari, Germaniya va Dubay milliy pavilonlariga tashrif buyurdi. Huawei kompaniyasining top-menejmenti bilan muzokaralar chog‘ida bir qator istiqbolli loyihalar, jumladan, xitoylik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan «Telekom Antifrod» tizimi taqdim etildi. Ikkala tomon ham kiberxavfsizlik va raqamli yechimlarni ilgari surish sohasida hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari, «O‘zTTBRM» DUK loyihalari va tashabbuslari Dubay va Germaniya kiberxavfsizlik vakillariga taqdim etildi.

Muhokamalar yuqori saviyada o‘tdi, ularning yakunida xorijiy mutaxassislar va tuzilmalar bilan birgalikdagi ishlarni boshlash va strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Uch kunlik ishtirok natijalari

Dubayda bo‘lib o‘tayotgan «GISEC Global 2025» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish «O‘zTTBRM» DUK uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, kiberxavfsizlik sohasidagi milliy ishlanmalarni namoyish etish va eng so‘nggi texnologik yechimlardan foydalanish uchun muhim maydonga aylandi. Bir qator xalqaro kompaniyalar va tegishli idoralar vakillari bilan hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, bu esa O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring