Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Dubaydagi «GISEC Global» ko‘rgazmasida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Dubaydagi «GISEC Global» ko‘rgazmasida ishtirok etdi

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi (O‘zTTBRM) rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan kiberxavfsizlik sohasidagi yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri – «GISEC Global 2025»da ishtirok etdi.

Tadbirning birinchi kuni delegatsiya a’zolari raqamli xavfsizlik sohasining nufuzli xalqaro vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Turkiya va Buyuk Britaniya delegatsiyalari bilan muzokaralar olib borilib, xalqaro hamkorlik, tajriba almashish va muhim axboriy infratuzilmani himoya qilish sohasiga ilg‘or yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan «Gorilla Technology» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvga qaratildi. Uchrashuvda tomonlar intellektual antifrod (firibgarliklarga qarshi) yechimlar va kibertahdidlarni nazorat qilishning ishonchli tizimlarini qurish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tadbirning rasmiy qismi yakunlangach, O‘zTTBRM delegatsiyasi ko‘rgazma ekspozitsiyasida taqdim etilgan axborot xavfsizligi, kiberrazvedka, shaxsiy ma’lumotlar hamda raqamli infratuzilmani himoyalash sohasidagi eng yangi texnologiyalar bilan tanishdi. Ishtirokchilar ko‘rgazmaning yuqori darajada tashkil etilganligi va taqdim etilgan yechimlarning O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishdagi dolzarbligini e’tirof etdilar.

«GISEC Global»da qatnashish kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or tajribalar almashinuvida muhim qadam bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring