Giyohvandlikni tashlagan qiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi
«Reddit» foydalanuvchilari giyohvandlikni tashlagandan so‘ng to‘qqiz oy o‘tgach turmush tarzi va tashqi qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan qizning suratlaridan hayratda qolishdi.
Portalga kiruvchilardan biri «volatilebabygirl» nomli instagram foydalanuvchisining postiga e’tiborini qaratgan: u giyohvandlikka qaramlikdan qutulganini so‘zlab bergan.
Qizning aytishicha, to‘qqiz oy oldin uning vazni bor-yo‘g‘i 40 kilo bo‘lgan, ko‘chada yashagan, metamfetamin va geroinga qaramlikdan aziyat chekkan. Hatto, ikki marta endokarditni boshidan o‘tkazgan.
Onasi qiziga shifoxonaga murojaat qilishga yordam bergan, u yerda yuragini operatsiya qilishgan. Shundan so‘ng zararli odatini tashlab, 18 kilo vazn to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
«Shunchaki o‘z baxtimni ko‘rsatmoqchi edim. To‘qqiz oy giyohvand modda qabul qilmadim», — deyiladi postda.
Birinchi suratda qizning ko‘chadagi turmushi aks etgan, u holdan toygan va ozib-to‘zib ketgandi; ikkinchi rasmda oradan bir yil o‘tgan — ko‘zgu oldida quvnoq qiyofa gavdalangan.
«Reddit» foydalanuvchilari «volatilebabygirl» voqeasidan qattiq ta’sirlanishgan. Ularning ko‘pchiligi qaramlikdan xalos bo‘lishda shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashgan.
«Men sakkiz yildan beri giyohvand modda qabul qilmayapman, kelasi yili rafiqam bilan birga uy sotib olmoqchimiz. Qaramlikdan qutulish mumkin!» — degan Rangoon64.
«Qaramlikni yengib o‘tgan odamlar dunyodagi eng kuchli odamlardan biri sanaladi. Tuzalish uchun zarur bo‘lgan iroda kuchi nihoyatda ajoyib», — deyiladi pronglesfan200 izohida.
«Bu ajoyib», — deb yozgan greenviceroy.
Shu bilan birga, ba’zilar bunday o‘zgarishga ishonishmagan, hatto, rasmda bitta odam ekanligiga shubha qilishgan. Foydalanuvchilar qizning turli qo‘llaridagi tatuirovkaga e’tibor berishgan. Bunga javoban volatilebabygirl instagram orqali ikkinchi rasm ko‘zgudagi aksi, shu bois tasvir mos tushmaganligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter