Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gollivudning taniqli aktyori gubernator bo‘lishi mumkin

Gollivudning taniqli aktyori gubernator bo‘lishi mumkin

«Oskar» mukofoti sovrindori, amerikalik aktyor Mettyu MakKonaxini saylovchilar Texasning amaldagi gubernatori Greg Ebottdan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar berdi Fox News.

The Dallas Morning News va Texas universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 45 foizdan ortiq respondent aktyorni qo‘llab-quvvatlaydi, 35 foizi esa amaldagi gubernatorga ovoz beradi. Yana ikki foiz boshqa birovga ovoz berishni afzal ko‘rishadi.

Avvalroq MakKonaxi intervyu berib, Texas gubernatori lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish haqida o‘ylayotganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring