Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘o‘za sug‘orishga sarflangan elektr xarajatlarining 50 foizigacha qoplab beriladi

G‘o‘za sug‘orishga sarflangan elektr xarajatlarining 50 foizigacha qoplab beriladi

Foto: Xabar.uz

«Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ta’sischilarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta’sir o‘tkazish qat’iyan man etiladi;
  • paxta-to‘qimachilik klasterlariga to‘rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.

2023-yil hosilidan har yili 1 oktyabrgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023-yil hosili uchun 2023 yil 1 fevralga qadar).

Shuningdek, 2023-yildan:

  • xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;
  • paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

2025-yil 1-yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral o‘g‘itlarga bojxona bojining «nol» stavkasi qo‘llaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring