Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada shaxmat maktab ta’limiga kiritildi

Gruziyada shaxmat maktab ta’limiga kiritildi

Foto: Xabar.uz

Gruziya Vazirlar mahkamasining qarori bilan shaxmat maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘qitilishi majburiy darslarga qatoriga kiritildi.

Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinfidayoq bolalarga shaxmat o‘ynash o‘rgatiladi.

«Gruziya Online» yozishicha, ta’lim vazirligi shaxmat bolalarning tahliliy, mantiqiy, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, amaliy vazifalarni bajarishida qo‘l keladi, degan to‘xtamga kelgan.

«Shaxmatni o‘rgatish 2022-2023-o‘quv yilidan fanlar dasturiga kiritiladi, ungacha milliy shaxmat federatsiyasi ko‘magida o‘qituvchilarning o‘zlari yangi fandan saboq berishga tayyorlanadi», — deyiladi Gruziya ta’lim vazirligi bayonotida.

Gruziya birinchi emas, ungacha Ozarbayjon shaxmatni fan sifatida maktablarga olib kirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring