Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliruhbonu 33 ta, Abdulvoris 35 ta universitetga talabalikka qabul qilindi

Guliruhbonu 33 ta, Abdulvoris 35 ta universitetga talabalikka qabul qilindi

Illyustrativ foto

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 250-maktab o‘quvchilari Guliruhbonu Shokirova va Abdulvoris Mirkomilov xorijning 30dan ortiq universitetiga talabalikka qabul qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchisi Guliruhbonu Shokirova maktabni oltin medal bilan tamomlagan ilk qaldirg‘ochlaridan biri hisoblanadi.

Abdulvoris Mirkomilov ham fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan.

«Guliruhbonu Shokirova 33 ta, Abdulvoris Mirkomilov 35 ta universitetga talabalikka qabul qilindi», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring