Guliston davlat universiteti talabasi qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Guliston davlat universiteti talabasi U.O. tanishlari yordamida fuqaro G‘.ning ukasi U.ni 7 000 AQSh dollari evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter