Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda sotuvchi tadbirkorning yarim milliarddan oshiq pulini o‘mardi

Gulistonda sotuvchi tadbirkorning yarim milliarddan oshiq pulini o‘mardi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Y.B.» MChJ savdo do‘koni sotuvchisi A.T. o‘ziga ishonib topshirilgan alkogol mahsulotlari sotuvidan tushgan 595,1 mln so‘mni kirim qilmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, tadbirkor manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring