Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi portlash bo‘yicha rasmiy xabar berildi. Jabrlanganlar bor

Gulistondagi portlash bo‘yicha rasmiy xabar berildi. Jabrlanganlar bor

Foto: FVV

Bugun, 7-oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

FVV hodisa haqida dastlabki ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, portlashdan hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib,  fuqarolarga tan jarohati yetgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirishgan. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring