Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gurbanguli Berdimuhammedov «Do‘zax darvozasi»ni yopishni buyurdi

Gurbanguli Berdimuhammedov «Do‘zax darvozasi»ni yopishni buyurdi

«Do‘zax darvozasi» Turkmanistondagi gaz krateri bo‘lib, mahalliy aholi va sayohatchilar uni «Yer osti dunyosiga eshik» yoki «Jahannam eshiklari» deb atashadi. Krater Toshhovuz viloyatidagi Erbent ovulidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Diametri taxminan 60 metr va chuqurligi taxminan 20 metrni tashkil qiladi.

1971 yilda sovet geologlari Turkmaniston SSRning Darvoza qishlog‘i yaqinida yer osti gazi to‘planishini aniqladilar. Qidiruv qudug‘ini qazish va burg‘ulash natijasida geologlar yer osti bo‘shlig‘iga duch kelishdi. Jarayonda tuproqning yuqori qatlamlari qulab tushib, gaz bilan to‘ldirilgan katta teshik paydo bo‘ldi. Hosil bo‘lgan teshikka barcha jihozlar va burg‘ulash qurilmasi tushib ketgan, ammo odamlar jabrlanmagan.

Odamlar va chorva mollari uchun zararli gazlar chiqib ketmasligini oldini olish maqsadida mutaxassislar o‘t qo‘yishga qaror qilishdi. Geologlar yong‘in bir necha kundan keyin o‘chadi, deb taxmin qilishgan, ammo ular yanglishishdi. Kraterda 1971 yildan, ya’ni qariyb 40 yildan buyon tabiiy gaz kechayu kunduz uzluksiz yonmoqda.

Mamlakat prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Qoraqum cho‘lida «tabiiy gaz ko‘p miqdorda yonadi», bu esa atrof-muhit va mahalliy aholi salomatligiga yomon ta’sir qiladi.

Shu sababdan Turkmaniston Prezidenti neft-gaz majmuasi bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Shaxim Abrahmanovga gaz kraterini o‘chirish yo‘lini topishni topshirdi.

Bundan tashqari, Gurbanguli Berdimuhammedovning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston hukumati xalq farovonligini oshirish uchun mablag‘ keltiradigan, eksport qilish va ishlatish mumkin bo‘lgan xom ashyoni yo‘qotmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring