Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guruch sotib olmaydigan vazirning boshi baloga qoldi — Yaponiya

Guruch sotib olmaydigan vazirning boshi baloga qoldi — Yaponiya

Foto: Shutterstock

Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri Taku Eto hech qachon guruch sotib olmayman degani uchun boshi baloga qoldi. Bu haqda Saga Shimbun gazetasi yozdi.

Vazir rasmiy tadbirda mamlakatda guruch narxi keskin oshib ketganini tilga oldi. Yaponiyada 2025-yilda guruch o‘tgan yilgiga qaraganda ikki karra qimmatlashgan.

«Men o‘zimni (guruch narxi oshgani uchun) javobgar his qilaman. Ammo umuman olganda o‘zim hech qachon guruch sotib olmaganman. Meni qo‘llovchilar hadya qilib turishadi, shunchalik ko‘pki, sotging keladi», — degan Taku Eto.

Uning gaplari jamoatchilikda keng aks-sado berdi.

Vazirning nomaqbul xatti-harakatlari haqida Yaponiya hukumati bosh kotibi Yoshimasa Xayasiga matbuot anjumanida savol berishdi. Kutilmagan savoldan u gangib qoldi. Bir yarim daqiqalar sukut saqladi, yordamchilari bilan maslahatlashdi, so‘ngra yetarli ma’lumotga ega emasligini vaj qilib sodir bo‘lgan voqeani izohlashni istamadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring