«Guruch vazir» iste’foga chiqdi

Yaponiya qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilik vaziri Taku Eto guruch haqidagi nojoiz gapidan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Kyodo News xabar berdi.
Mamlakat bosh vaziri Shigeru Ishiba uning iste’fosini qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, Taku Eto «hech qachon guruch sotib olmayman» deb «qovun tushirgandi». U mamlakatda guruch narxi keskin oshib ketgani uchun o‘zini javobgar his etishini ta’kidlagan. Ammo o‘zi hech qachon guruch sotib olmasligini, balki sovg‘a qilishlarini, guruchi ko‘pligidan sotish ham mumkinligini aytib, ko‘pchilikning g‘azabiga uchragandi.
Uning o‘rniga vazirlikka 44 yoshli Sindziro Koidzumi rahbar bo‘lishi kutilyapti. U Yaponiyaning 2001–2006-yillardagi bosh vaziri Dzyun’itiro Koidzumining o‘g‘li.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter