Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘uzor tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

G‘uzor tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

G‘uzor tumani hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Panjiyev Maqsud Aliqulovich tayinlandi.

M.Panjiyev 1981-yilda Kasbi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – Qarshi davlat universiteti va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali magistraturasini tamomlagan.

Maqsud Panjiyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring