Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘uzorda MIB xodimining xatosi bilan fuqaroga 2 milliondan ortiq qarzdorlik hisoblandi

G‘uzorda MIB xodimining xatosi bilan fuqaroga 2 milliondan ortiq qarzdorlik hisoblandi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Xalqabod qishlog‘ida yashovchi J.Haydarova tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga murojaat qildi.

Murojaatda aytilishicha, u elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lishiga qaramay, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan noreal qarzdorlik hisoblangan.

O‘rganish natijasida fuqaroning murojaatida aytilgan da’vo o‘z isbotini topdi. Aniqlanishicha, tuman Majburiy ijro byurosi xodimi Sh.Quldashevning o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi oqibatida hisoblagich ko‘rsatigich oshirib ko‘rsatilgan va 2018-yil 5-mart holatida 2 129 089 so‘m sun’iy qarzdorlik hisoblangan.

Ishda to‘plangan hujjatlarga asoslanib, G‘uzor tuman ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, arizachi Jarqin Haydarovaning G‘uzor tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining xatti-harakati ustidan bergan shikoyat arizasi qanoatlantirildi. Fuqaro abonent raqamiga hisoblangan qarzdorlik g‘ayriqonuniy deb topildi va Majburiy ijro byurosi G‘uzor tuman bo‘limi hamda G‘uzor tuman elektr ta’minoti korxonasi zimmasiga fuqaro nomiga hisoblangan qarzdorlikni bekor qilish majburiyati yuklatildi, G‘uzor tuman Majburiy ijro byurosi xodimi Sh.Qo‘ldoshev hisobidan davlat foydasiga 172 240 so‘m davlat boji undirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring