G‘uzorda yirik logistika markazi qurilyapti
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yirik logistika markazi qurilishi boshlangan. Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov u yerga borib, markaz faoliyati bilan tanishgan.
Loyiha tashabbuskori — Buyuk Amir logistics bo‘lib, uni tashkil etishga 7,5 million dollar miqdorida investitsiya mablag‘i yo‘naltiriladi. Natijada 200 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Markaz yuklarni saqlash va saralash imkonini beradi va 5000 kv.m.dan iborat muzaltgichni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, loyiha doirasida tumandagi eski avtobaza hududi markaz uchun ajratilgan va Xalqaro yuk tashishga mo‘ljallangan 23 ta fura olib kelingan bo‘lib, kelgusida qo‘shimcha yana 30 ta maxsus jihozlangan transport vositasi keltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter