Ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing
Respublika Gidrometerologiya markazi ushbu haftada yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ertaga mamlakatimiz hududiga kuchsiz havo oqimining kirishi kutilmoqda, natijada harorat biroz - kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajagacha pasayadi. Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko‘tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.
Bugun va ertaga respublika tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter