Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda firma hajga yuboraman deb fuqarolarni chuv tushirdi

Namanganda firma hajga yuboraman deb fuqarolarni chuv tushirdi

Namanganda maxsus firmalardan biri fuqarolarni haj ziyoratiga jo‘nataman deb va’dasini bajarmagan.

Ma’lum bo‘lishicha bir guruh fuqarolar Namangan shahridagi maxsus firmaga hajga ketish uchun murojaat qilgan. Lekin vizaning kechikishi sababli ularning ishi bitmay qolgan. Biroq ishni ohirigacha yakunlamagan firma fuqarolardan olgan pulini qaytarib bermagan.

Shunda jabrlanuvchi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qildi.

Natijada tadbirkordan 7 500 dollar qaytarib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring