Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS AQShning otashkesimga doir taklifini rad etdi – BBC

HAMAS AQShning otashkesimga doir taklifini rad etdi – BBC

HAMAS Isroil hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha AQShning yangi rejasini rad etmoqda. Harakat vakilining aytishicha, AQSh taklifi asosiy talablarga, jumladan, urushni butkul tugatishga javob bermaydi.

Oq uy 29-may kuni Isroil AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan ilgari surilgan rejaga rozi bo‘lgani va Vashington HAMASdan rasmiy javob kutayotganini ma’lum qildi.

Reuters agentligiga ko‘ra, AQSh rejasi 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni va birinchi haftada 28 nafar o‘lik va tirik garovga olingan isroilliklarni ozod etishni, shuningdek, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 125 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishni va halok bo‘lgan 180 nafar falastinliklarning jasadini topshirishni nazarda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring