Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS G‘azoni boshqarishda hech qanday rol o‘ynamaydi — Falastin prezidenti

HAMAS G‘azoni boshqarishda hech qanday rol o‘ynamaydi — Falastin prezidenti

Foto: Anadolu Ajansı

Falastinning HAMAS radikal harakatiga G‘azo sektorida hokimiyat berilmaydi, dedi Falastin prezidenti Mahmud Abbos. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Yaqin Sharq masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan Abbos HAMAS G‘azoni boshqarishda hech qanday rol o‘ynamasligini ta’kidladi. HAMAS boshqa guruhlar kabi Falastin milliy ma’muriyatiga qurollarini topshirishi shart.

Mahmud Abbos ta’kidlashicha, Falastin milliy ma’muriyati qonuniy xavfsizlik kuchlari va qurol aylanmasini nazorat qiluvchi yagona davlat yaratishga intilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring