Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMASning yetakchi qo‘mondoni o‘ldirilgani e’lon qilindi

HAMASning yetakchi qo‘mondoni o‘ldirilgani e’lon qilindi

G‘azoda HAMAS guruhining qurolli qanoti qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi.

Aytilishicha, HAMASning yuqori martabali qo‘mondoni Ayman Nofal G‘azo sektorida Al-Burayj lageri yaqinida Isroil havo hujumi natijasida halok bo‘lgan. Guruhning qurolli qanoti mazkur hodisani tasdiqladi. 

Ayman Nofal jangari guruhning oliy harbiy kengashi a’zosi bo‘lgan, u G‘azo sektorining markaziy qismini nazorat qilgan, deyiladi XAMAS telegrammasida.

Shuningdek, Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, G‘azoda halok bo‘lganlar soni 3 ming kishidan oshdi. 12,5 mingdan oshiq kishi esa jarohat olgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring