«Har bir fuqaroga 500 000 so‘m...» — firibgarlar tuzog‘i haqida ogohlantirish berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda My.gov.uz logotipi hamda davlat rahbarining fotosuratidan foydalangan holda soxta «Yediniy Portal Uzbekistana» sahifasi ochilib, har bir fuqaroga 500 000 so‘mdan berilayotgani haqida yolg‘on axborotlar tarqatilayotgani ma’lum qilindi.
«Mazkur xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va yurtdoshlarimizni bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Firibgarlar bu usuldan foydalanib fuqarolarning plastik kartalaridan pul o‘g‘irlashni rejalashtirishgan bo‘lishi mumkin», deyiladi ogohlantiruvchi chaqiriqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) haqida ishonchli ma’lumotlarni uning rasmiy veb-saytidan olish mumkin.
Avvalroq «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroatxon Mirziyoyeva nomidan soxta akkauntlar ochilib, xayriya va mukofot pullari tarqatilishi haqida yolg‘on axborotlar tarqatilayotgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter