Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harorat 39 darajagacha ko‘tariladi

Harorat 39 darajagacha ko‘tariladi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» 5-7 iyunga ob-havo prognozini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 5 iyunda 32-37°, 6-7 iyunda 34-39° bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 5 iyunda 32-37°, 6-7 iyunda 34-39° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 5 iyunda 29-34°, 6-7 iyunda 30-35° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-7 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 iyunda 14-19°, 6-7 iyunda 16-21°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 5 iyunda 17-22°, 6-7 iyunda 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring