Harorat yana salkam 40 darajagacha ko‘tariladi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 8-10 sentyabrga ob-havo prognozini taqdim etdi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 8-9 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 8 sentyabrda 27-32°, 9 sentyabrda 25-30°, 10 sentyabrda 22-27°bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-9 sentyabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 10 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 34-39°bo‘ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 sentyabrda 13-18°, 10 sentyabrda 15-20°, kunduzi 8 sentyabrda 27-32°, 9-10 sentyabrda 32-37°gacha ko‘tariladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 sentyabrda 13-18°, 10 sentyabrda 15-20°, kunduzi 8-9 sentyabrda 32-37°, 10 sentyabrda 34-39°bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 8-9 sentyabrda 27-32°, 10 sentyabrda 30-35°bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 8 sentyabrda 19-24°, 9-10 sentyabrda 21-26°bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter