Harri Keyn faoliyatidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Leverkuzenning «Bayer» klubi Bundesliganing 32-turida «Frayburg»ga qarshi baxs olib bordi va 2:2 hisobidagi duranga imzo chekdi. Ushbu durangdan so‘ng Alonso jamoasi peshqadam «Bavariya»ga yetib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi va shu tariqa «Bavariya» chempionat tugashiga 2 tur qolganda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, myunxenliklarning ushbu chempionligi Harri Keynning professional faoliyatidagi ilk jamoaviy sovrini bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas