Harri Keyn Messi va Ronalduni dog‘da qoldirdi
![Harri Keyn Messi va Ronalduni dog‘da qoldirdi](http://static.xabar.uz/crop/3/5/720_460_95_3513562018.jpg)
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn terma jamoada gol urish bo‘yicha Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini ortda qoldirgan.
Kecha Yevropa millatlar ligasi 2-turi A3-guruhida Germaniya - Angliya (1:1) o‘yini bo‘lib o‘tgan. Unda nemislarning goliga so‘nggi daqiqalarda Keyn penaltidan javob qaytargan va terma uchun 50-golini urgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Harri dunyo tarixida terma uchun 50 gol urgan futbolchilar orasida 72-o‘rinni olgan. Bundan tashqari, shuncha golni urish uchun unga 71 ta o‘yin kifoya qilgan.
Keyndan mashhurroq va sovrinliroq Ronaldu 114 ta, Messi esa 107 ta o‘yinda terma jamoasi uchun 50-golini urganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter